
Iguain vataniga qaytishga qo‘rqadi
“Yuventus”dan ketishi kutilayotgan Gonsalo Iguainga Argentinaning etaki klublaridan biri “River Pleyt”dan taklif bo‘lmoqda. Futbolchi bunga izoh berdi.
- Men Argentina futbolini tomosha qilishni yaxshi ko‘rsam ham, sog‘inganim yo‘q. Men yoshligimda o‘sha erda o‘ynaganman. Argentinalik futbolchilarning ko‘pi oilasi xotirjamligini o‘ylab, vataniga qaytishni istamaydi. Ularning aksariyati 25 yoshidayoq, AQSh, Xitoy yoki Saudiya Arabistoniga yo‘l olmoqda, - dedi Gonsalot Iguain.
2016 yildan buyon Turin klubi sharafini himoya qilayotgan mohir to‘purar “Yuventus” tarkibida beshta sovrin – uch marta A Seriya chempionligi va ikki bor kubogini qo‘lga kiritdi. Gonsalo “Yuventus”ga qadar “River Pleyt”, “Real”, “Chelsi”, “Milan” va “Napoli”da to‘p surgan.
Fikrlar