Icroil Madrimov Krouforddan keyin ikkinchi bo‘ldi !
Amerikaning nufuzli "The ring" nashri birinchi o‘rta vazndagi eng yaxshi bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Xabarga ko‘ra, faqatgina bir sportchi o‘z o‘rnini yaxshiladi. U ham bo‘lsa rossiyalik Baxram Murtazalievdir. Bokschi birdaniga etti pohona ko‘tarilib, 3-o‘rinni band etdi. Hamyurtimiz Isroil Madrimov avvalgi - ikkinchi o‘rnini saqlab qoldi. Uni 4 avgust kuni mag‘lubiyatga uchratgan Terens Kroufod esa etakchilikni davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov (10-1-1, 7 KO) keyingi jangini 21 dekabr kuni Sergey Bogachuk(24-2, 23 KO)ka qarshi o‘tkazadi.



Fikrlar