Ibrohimovich: Basharangni bejab qo‘yaman!

  • 8 oktabr, 2020, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda Italiya V seriyasida “Sambenedetteze” jamoasi sharafini himoya qilayotgan 36 yoshli argentinalik hujumchi Maksi Lopes “Milan”da o‘ynagan paytda Zlatan Ibrohimovich bilan 2012 yilda yuzaga kelgan mojaro qanday bo‘lganini aytib berdi.

Tecno

- Biz “Parma”ga qarshi o‘ynayotgan edik. Men jarima maydonchasidagi Zlatanga pas berdim. U hatto joyidan qimirlamadi va to‘p o‘tib ketdi. U birdan menga baqira ketdi. U to‘p uning oyog‘iga kelib tushishi kerakligini aytdi. Men esa, pas yaxshi bo‘lganini va u zarba berishi mumkinligini ta’kidladim.

O‘yindan so‘ng, Zlatan janjallashishini kutgandim. Yo‘q, u indamadi. Oradan bir necha kun o‘tdi. Hammasi jim-jit. Keyin Chempionlar ligasidagi o‘yinimiz oldidan oldimga kelib, shunday dedi: “Menga yoqib qolding, argentinaliklarning o‘ziga xos xarakteri bor, ular o‘zlari to‘g‘ri deb o‘ylagan narsani aytadi. Lekin keyingi gal yana shunaqa qilsang, basharingni bejab qo‘yaman”, - deb eslaydi Maksi Lopes.

Oradan anchagina vaqt o‘tgan bo‘sa-da, Zlatan Ibrohimovich hozir yana “Milan” safida to‘p tepmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!