
Ibragimovich "Yuventus"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradimi?
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich A Seriyaning navbatdagi turidan o‘rin olgan "Yuventus"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkinligini aytdi.
"Turindagi bahsda o‘ynaymanmi? Ko‘ramiz. Hech kimga sir emaski, menda jarohat bor va men tavakkal qilmoqchi emasman. Men butun mavsumni o‘tkazmoqchiman. Men o‘zimni supermen deb o‘ylamayman", - dedi Ibragimovich.
39 yoshli Zlatan joriy mavsum “Milan” safida A Seriyada 1 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
"Milan"ning "Yuventus"ga qarshi uchrashuvi 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Fikrlar