
Ibragimovich: Mendek futbolchi boshqa bo‘lmaydi, men yagonaman
AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich Dazn nashriga bergan intervyusida o‘zini MLSning afsonaviy futbolchisi deb aytdi.
“Men syurpriz emasman, men afsonaman. Qachondir boshqa Zlatanning paydo bo‘lishi mumkin emas. Yaxshi futbolchilar ko‘p, lekin men yagonaman”, - deydi 37 yoshli shvetsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich "Los-Anjeles Gelaksi" safida 2018 yilning martidan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar