
Ibragimovich boshqa jamoa safida shug‘ullanmoqda (foto)
"Milan" klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich sport formasini ushlab turish maqsadida boshqa jamoa safida shug‘ullanishga qaror qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 38 yoshli shvetsiyalik futbolchi "Xammarbyu" klubi bilan birga shug‘ullanmoqda. Aytish kerakki, Zlatan ushbu klubning 25% aktsiyasiga egalik qiladi.
A Seriya o‘yinlari koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgani bois Ibragimovich hozirda Stokgolmda istiqomat qilmoqda.
Zlatan Ibragimovich joriy mavsum “Milan” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar