Ibragimovich "Ayaks"ga qaytishi mumkinligini aytdi
AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich kelajakda yana "Ayaks"ga qaytishi mumkinligini inkor etmadi.
“Men avval to‘p surgan jamoalarimga qaytmaslikni afzal ko‘raman. Biroq, faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng “Ayaks” direktori bo‘lishim mumkinligini inkor etmayman. Men ushbu lavozimda hammadan zo‘r ishlagan bo‘lardim”, - deydi Ibragimovich.
Ma’lumot uchun, 37 yoshli Ibragimovich “Ayaks” safida 2001-2004 yillarda to‘p surgan va 110ta o‘yinda ishtirok etib, 48ta gol urishga erishgan.
Bundan tashqari u faoliyati davomida "Malmyo", "Yuventus", "Inter", "Barselona", "Milan", PSJ va "Manchester Yunayted" kabi jamoalarda o‘ynagan.



Fikrlar