Husanovning “Manchester Siti”dagi ahvoliga oydinlik kiritildi

  • 10 may, 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov shu yilning 20 yanvarida “Lans”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tganidan keyin darroq muhim o‘yinlarda ishtirok eta boshladi.

Tecno

Iste’dodli legionerimiz hatto so‘rovnomada “Manchester Siti” muxlislari bergan ovozlar natijasiga ko‘ra, fevral oyida jamoaning eng zo‘r o‘yinchisi, deb topildi. Biroq kutilmaganda, bosh murabbiy Xosep Gvardiola o‘zbek futbolchisini zaxiraga mixladi.

Angliya futbolini yoritayotgan bir necha nufuzli manbalar va ekspertlari maydondan tashqarida qolib ketgan Abduqodir Husanovning vaziyatini tahlil qilib chiqdi.

-  Noyabr va dekabr oylaridagi inqirozdan keyin “Manchester Siti” Premer-ligaga g‘olibligidan juda erta chiqib ketdi va UEFA Chempionlar ligasi yo‘llanmasini beruvchi o‘rinlarni egallash imkoniyati ham katta shubha ostida qoldi.

Klub rahbariyati vaziyatni o‘nglash maqsadida yanvarda tezkor transferlarni amalga oshirdi. Ayniqsa, himoya chizig‘ida yuzaga kelgan muammoalar “Lans”dan Abduqodir Husanov va “Palmeyras”dan Vitor Reysni olib kelishni taqozo etdi. O‘zbek futbolchisi Manchesterga kelishi bilan “Real”, “Tottenxem”, “Liverpul”, “Nyukasl” kabi kuchli raqiblarga qarshi juda zo‘r o‘yin o‘tkazdi.

Biroq Angliya kubogi chorak finalida “Bornmut”ga qarshi g‘alabali bahsdan keyin 21 yoshli himoyachi Xosep Gvardiola tarkibidan tushib qoldi. Uning himoya markazida Ruben Diash yonidagi o‘rnini chap qanotdan ko‘chgan Yoshko Gvardiol egalladi.

“Manchester Siti” insayderi va jurnalist Jek Gogan “shaharliklar” safidagi ajoyib startdan keyin Husanovning tarkibdan olinishini quyidagicha izohladi: “Husanov vaziyat taqozosi “qurboni” bo‘ldi.

Husanov “Lans”dan 33 million funt sterlingga olinganidan keyin darrov maydonga tushib, kutilganidan ko‘proq o‘ynab yubordi. Bu holatdan oldin ichki manbalar yosh futbolchi  “Siti”ga qo‘shilishdan oldin qishki tanaffus va transfer yaqinlashib qolgani uchun bir oy shug‘ullanmaganini ma’lum qilishdi.

“Chelsi”ga qarshi debyut o‘yinidan oldin Abduqodir faqatgina to‘laqonli bitta mashg‘ulot o‘tkazgan edi. Biroq omadsiz kechgan ilk uchrashuvdan keyin o‘zini tezda tiklab oldi.

Lekin mart oyining oxirida o‘tkazilgan “Bornmut”ga qarshi o‘yinda Niko O’Reylining chap qanotda paydo bo‘lishi, himoya markazida Diash va Gardiol tandemining bexato o‘ynayotgani Husanovni asosiy tarkibdan siqib chiqardi.

Shundan beri bir daqiqa ham o‘ynagani yo‘q. Ammo bu holat uning yaqin kelajakda katta o‘sishiga zamin yaratadi”.

Manbaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi ayni paytda ingliz tilini o‘rganishga alohida e’tibor qaratmoqda. Abduqodir haftasiga uch marotaba klub tomonidan ajratilgan mutaxassis bilan shug‘ullanyapti. Bundan tashqari, uyida onlayn tarzda Toshkentdagi ustozidan ham saboq olyapti, - deb yozdi cityxtra.co.uk portali eksperti Freddi Pay.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tganidan beri Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va Evropa Chempionlar ligasida jami to‘qqizta uchrashuv o‘tkazib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari bitta gol ham urdi.

Shuningdek, Abduqodir O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida xalqaro maydonda o‘ynab, jahon chempionatiga chiqishga harakat qilmoqda. Husanov mamlakatimiz bosh jamoasi tarkibida hozirgacha yigirmata uchrashuvda ishtirok etgan.

“Roma” hal qiluvchi pallada katta yo‘qotishga uchradi. Shomurodov esa...

Shomurodov muxlislariga yangi xushxabar!
Husanov jamoasiga yaxshi xabarlar kela boshladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Болельщик
11/05/2025 10:16
Унакада у футболист эмас, таржимон болиб кетмаса болдиди