Husanovning eng katta kamchiligi va asosiy yutug‘i aytildi

  • 2 iyun, 2024, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropaning aksariyat ligalarida mavsum yakunlanib, mutaxassislar o‘yinlar natijalari, futbolchilar ishtirokini tahlil qilishni boshlab yuborgan.

Tecno

Frantsiya futbolini yortib kelayotgan le11hdf.fr sayti Liga 1 debyutanti Abduqodir Husanovning o‘yiniga baho berdi.

O‘zbek futbolchisi o‘tgan yili yozda Belarus oliy ligasi ishtirokchisi “Energetik-BGU”dan Frantsiya vitse-chempioni “Lans” safiga ko‘chib o‘tdi. 100 ming evroga baholangan bu transfer Belarus futboli tarixida haqiqiy sensatsiya bo‘ldi.

19 yoshidayoq Liga 1 musobaqasida debyut qilgan Abduqodir Frantsiya chempionatida maydonga tushgan birinchi o‘zbekistonlik o‘yinchi sifatida o‘zbek va frantsuz futboli tarixiga o‘z nomini muhrladi.

Legionerimizning mavsumdagi o‘yinlarini tahlil qilgan  le11hdf.fr sayti quyidagi ma’lumotlarni taqdim etdi:

Eng katta kamchiligi:

“Lans”ning etakchi markaziy himoyachisi Kevin Dansoga asosiy o‘rinbosar sifatida Abduqodir Husanovga ayrim uchrashuvlarda tajriba etishmagani yaqqol sezilib qoldi.

Evropa Ligasi pley-offida “Frayburg”ga boy berilgan (2:3) javob o‘yinida Kevin Danso safdan chiqqani bois uning o‘rnini egallagan Husanovning eng katta kamchiligi ko‘rinib qoldi. Toshkentlik futbolchi ikkinchi qavatda muvaffaqiyatli o‘ynay olmadi. Buning oqibatida uchrashuvda dublga erishgan Ronald Sholloi Bris Samba darvozasi oldida o‘tkir vaziyatlarga ega bo‘ldi.  Bu uchrashuvdan keyin Husanov Dansoning o‘rnini to‘liq yopa olmasligi bilinib qoldi.

Yutuqlari:

“Lans”ga kelganida barchaga notanish bo‘lgan yosh futbolchiga muxlislar e’tirofi va e’tiborini qozonish uchun ko‘p vaqt kerak bo‘lgani yo‘q. Husanov raqibga qarshi shiddat bilan o‘ynashi, charchoq bilmasligi va o‘ziga bo‘lgan ishonchni orqali muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi.

O‘zbek futbolchisi o‘z o‘yinlari bilan yaxshi tanlov bo‘lganini isbotlagan vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Abduqodir Husanov asosiy himoya uchligi Fakundo Medina – Kevin Danso – Jonatan Graditdan qay biri o‘yinda ishtirok eta olmasa, ularning o‘rniga maydonga tushdi.

Husanov mavsum davomida bir necha o‘yinlarda istiqboli porloq himoyachi ekanini namoyon qildi va yuqori saviyada o‘ynadi.

Abduqodir Husanovning mavsumdagi statistikasi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Liga 1: 11 ta uchrashuv, 4 ta sariq kartochka

UEFA Chempionlar ligasi: 2 ta uchrashuv, 1 ta sariq kartochka

UEFA Evropa ligasi: 2 ta uchrashuv.

Abduqodir Husanovning “Lans” bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Bugungi kunda 20 yoshli himoyachimizning transfer summasi 2 million evroni tashkil qilmoqda.

10 million evro Fayzullaev uchun kam! Yaxshigina xarajat qilishsin!

9 ta jamoa bosh murabbiylari Fayzullaevni tanladi!

Fayzullaev nufuzli jamoadan joy oldi!

Shomurodov va Husanovda nima gap?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!