
Husanovning do‘stini mahalladan ko‘chirib yuborishdi
“Manchester Siti”ning asosiy o‘yinchilaridan hisoblangan Fil Foden maydondan tashqarida oilaviy muammolarni ham hal qilishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Foden 2021 yili oilasi uchun hashamatli uy sotib olgan edi va muayyan muddat shu erda ota-onasi bilan birga yashagan. Biroq keyinchalik futbolchi o‘z sevgilisinikiga ko‘chib o‘tgandi.
Endi Fodenlar oilasi bu uyni 3 million funtga sotuvga qo‘ydi. The Sun nashrining yozishicha, mashhur oila qo‘shnilar bilan ziddiyatga borgan.
Atrofdagi xonadon egalarini Fodenlar uyida tashkillashtirilayotgan ziyofatlar, o‘tirishlarning ko‘pligi, ular tinimsiz shovqin solayotgani bezovta qilyapti.
Yaqinda “Old Trafford”da o‘tkazilgan Manchester derbisida “Yunayted” fanatlari Fil Fodenning onasini haqorat qilgandi. Bu holat o‘yinchiga og‘ir botdi.
Eslatib o‘tamiz, Fil Foden Abduqodir Husanov Frantsiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan dastlabki kunlarda o‘zbekistonlik legionerni qo‘llab-quvvatlagan va mashg‘ulotlarda unga yordam bergan edi.
Fil Foden klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 24 yoshli hujumkor futbolchi birinchi jamoaga 2017 yili qabul qilingan. Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan Foden hozirga qadar klublar miqyosida 352 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 118 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 73 ta golli pas uzatgan.
Ayni paytda transfermarkt.world portali eespertlari tomonidan 130 million evroga baholanayotgan futbolchining “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi.
Kevin de Bryuyne qaerda o‘ynashini oilasi hal qiladi
“Manchester Siti”ning so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatlarida katta rol o‘ynagan Kevin de Bryuyne mavsum oxirida klubni tark etishini rasman e’lon qildi.
Endi belgiyalik pleymeyker faoliyatini qaerda davom ettirishini hal qilishi kerak. Anchadan beri uning xizmatlariga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda.
Kevinga AQShning bir necha klubi, xususan, Lionel Messi o‘ynayotgan “Inter Mayami”dan ham qiziqish bor.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, iyun oyida 34 yoshni qarshi oladigan yarim himoyachi Angliya Premer-ligasida qolishi ham mumkin.
- Endi yosh emasligimni o‘zim ham bilamae. Shunga qaramay, hali yana yuqori darajala o‘ynay olishimga ishonaman. Menga qaysi jamoalar qiziqayotganini bilmayman. Lekin har qanday loyihani muhokama qilishga tayyorman. Angliyadagi faoliyatimni ham yakunlandi, deyolmayman.
“Manchester Siti”dan ketish haqidagi qaror yaqinda qabul qilindi. Futbolda hech narsani bir hafta ichida hal qilib bo‘lmaydi.
Eng avvalo, oilam bilan gaplashaman, ularning maqsadini o‘rganaman, maslahatini olaman. Keyin menga qiziqayotgan jamoalarni ko‘rib chiqaman. Shuning uchun ham hozirdan meni oldinda nimalar kutib turganini bilmayman, - dedi Kevin de Bryuyne.
“Manchester Siti” Husanov kelgan ligadan yana o‘yinchi oladi
“Manchester Siti” yanvar oyida Frantsiya yuqori divizionida “Lans” sharafini himoya qilayotgan Abduqodir Husanovni jami 50 million evroga transfer qilgan edi.
Endi “shaharliklar” Liga 1 jamoalaridan yana bir iste’dodni topdi.
L'Equipe nashrining ma’lum qilishicha, manchesterliklar nazariga “Monako”da o‘ynayotgan hujumkor futbolchi Magnes Akliush tushgan.
23 yoshli futbolchining o‘yinlarini Frantsiya futboli gegemoni “Pari Sen-Jermen” ham jiddiy tarzda kuzatib bormoqda.
Har ikki jamoa frantsiyalik futbolchini yozda transfer qilmoqchi. Bu o‘yinchi “Monako” safida 38 ta uchrashuvda oltita gol urib, to‘qqiz bor golli pas uzatdi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali ekspertlari qanot hujumchisini 40 million evroga baholamoqda.
“Zidan finti”ni qo‘llagan Shomurodovning o‘yini qanday baholadi?
“Manchester Siti” Husanov orqali yangi biznesni yo‘lga qo‘ydi!
Bugun o‘yin: Gvardiola Husanovni maydonga tushiradimi?
Shomurodov xudbin emas! Raneri Eldor haqida yana qanday fikr bildirdi?
Shomurodov muxlislarga murojaat yo‘lladi!
Fikrlar