Husanov mashhur futbolchining mundialga yo‘lini to‘sib qo‘ydi

  • 9 oktabr, 07:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” o‘z tarkibida kuchli futbolchilarni jamlagan. Ular orasida 2026 yili AQSh, Kanada va Meksikada bo‘ladigan jahon chempionatida o‘z mamlakatlari sharafini himoya qilishi kutilayotgan bir necha charm to‘p ustalari bor.

Tecno

“Siti” tarkibidagi Abduqodir Husanovning olib kelishi bilan boshlangan va hali hamon davom etayotgan avlodlar almashinuvi jarayoni jamoada ichki raqobatni shiddatli ko‘rinish olishini keltirib chiqardi.

Xosep Gvardiola jamoasida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan ayrim o‘yinchilar o‘z mamlakatlari terma jamoalaridagi o‘rnini ham yo‘qotishi mumkin. Sports.uz portali esteemedkompany.com sayt ekspertlarining bu borada tayyorlagan tahlilini o‘z o‘quvchilari e’tiboriga havola etishni ma’qul ko‘rdi.

- “Manchester Siti” safida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan  futbolchilar o‘z yurti bosh jamoasi bilan ummonortida bo‘ladigan mundialda ishtirok eta olmasligi mumkin. Ana shunday o‘yinchilardan biri Natan Akedir. Ronald Kuman uni Niderlandiya terma jamoasining oktyabr oyidagi yig‘iniga jalb qilgan bo‘lsa-da, himoyachi  oldigan qat’iy talablarni qo‘ydi. Jumladan, Natan Ake terma jamoadagi joyini saqlab qolishi uchun “Manchester Siti” safida muntazam maydonga tushishi talab etiladi.

Shu bois, Natan Ake yanvar oyida jamoada qolish yoki Manchesterni tark etish borasida muhim qaror qabul qilishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ronald Kuman Niderlandiyaning De Telegraaf nashriga bergan intervyusida Natan Ake bilan o‘yinchining kelajagi haqida gaplashib olganini ma’lum qildi.

- Biz Ake bilan uning vaziyatini muhokama qildik. Qandaydir o‘zgarish qilmasa bo‘lmaydi. Klubda deyarli o‘ynamagan holda terma jamoada qolish to‘g‘ri bo‘lmaydi. O‘yin amaliyoti – terma jamoada to‘p tepish uchun tayyorgarlik jarayonining bir bo‘lagidir, - dedi bosh murabbiy.

Natan Ake jahon chempionatiga borish uchun “Manchester Siti”ni tark etishiga to‘g‘ri keladi.  Natan “Manchester Siti” uchun doim qadrli o‘yinchi bo‘lib kelgan. Xosep Gvardiolaga uning universalligi, ya’ni himoya markazida va chap qanotda o‘ynay olish qobiliyati yoqadi. Ake kuchga to‘lgan davrida maydonda har qanday vazifani uddalaydigan o‘yinchi edi. Ammo o‘tgan mavsumda turli jarohatlar tufayli ko‘p uchrashuvlarda ishtirok eta olmadi. Yangi o‘yinchilarning jamoaga kelgani ham uning yo‘lini to‘sdi.

Joriy mavsumda ham asosiy tarkibga kira olgani yo‘q. Atigi oltita uchrashuvda qatnashdi. Ularning aksariyatida zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Natan Akening boshlang‘ich tarkibga kirishida eng katta to‘siq jamoada yuzaga kelgan kuchli ichki raqobatdir. Hozir himoya markazida Gvardiola asosan Yoshko Gvardiol va Ruben Diashga ishonch bildirmoqda. Ularning o‘rinbosari sifatida Abduqodir Husanov va tajribali Jon Stounz tanlangan. Husanovning yanvarda jamoaga qo‘shilishi va ishonchli o‘yin namoyish qila boshlagani Natan Akening asosiy tarkibga kirish imkoniyatini yanada qiyinlashtirdi.

Ake o‘ynay oladigan chap qanotda ham vaziyat murakkab. “Siti” da bu pozitsiyaga asosiy da’vogarlar yozda transfer qilingan Rayan Ayt-Nuri va klub tarbiyalanuvchisi Niko O’Rayli bo‘lib turibdi. Katta ehtimol bilan Pep Gvardiolaning bu mavsum uchun tarkibida Natan Akega faqatgina zaxira o‘yinchisi maqomi beriladi.

Bu holat uning Niderlandiya terma jamoasidagi o‘rnini yo‘qotishiga olib kelishini Ronald Kuman yashirib o‘tirgani yo‘q. Katta ehtimol bilan Natan Ake muntazam o‘yin amaliyoti ilinjida yanvar oyida jamoasini o‘zgartiradi. Kumanning bu talabi ayrim klublar e’tiborini Natan Ake nomzodiga qaratishiga turtki bo‘ladi, - deb yozdi esteemedkompany.com sayti tahlilchisi Adam Marrett.

Darhaqiqat, yozgi transferlar davrida “Manchester Siti” asosiy tarkibiga kira olmagan bir necha himoyachilar klub bilan xayrlashdi. Xususan, markaziy himoyachilardan Vitor Reys “Jirona”ga, Maks Alleyn “Uotford”ga, Manuel Akanji “Inter”ga ijaraga berildi.

Abduqodir Husanov ham yozda ijaraga jo‘natilishi rejalashtirilgan edi. Biroq Xosep Gvardiola uni yangi mavsumdagi rejalariga kiritganidan keyin legionerimiz Manchesterda qoldi. Shunga qaramay, Husanov oxirgi to‘rtta uchrashuvni himoya markazida emas, jamoa uchun eng muammoli nuqta hisoblangan o‘ng qanot himoyasida o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov “Manchester Siti” o‘yinchilari orasida birinchilardan bo‘lib 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

“Manchester Siti”ning Husanov bo‘yicha yakuniy qarori ma’lum bo‘ldi

Husanov “dahshatli” qurol, murabbiy uni kutyapti!

ChatGPT Husanov gol urgan jamoaga manchesterlik futbolchini joyladi

O‘zbekistonda mundialni “yondiradigan” uchta futbolchi bor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Chehran
10/10/2025 15:45
Maqola boshqa uni mavzusi boshqa, bu birinchisi emas, eng yaxsh yo’l boshqa sport kanallarini kuzatish, bunaqangi besavodlik bilan tarjima qilingan va post qilingan xabarlarni o’qigandan ko’ra