
Husanov kerakli joyga tushdi!
Abduqodir Husanovning “Energetik-BGU” jamoasida professional futbolchilik faoliyatini boshlashgan davrda unga murabbiylik qilgan Pavel Rodnyonok o‘zbek himoyachisining “Manchester Siti”ga o‘tganiga munosabat bildirib, legionerimiz haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi.
Husanovning salohiyati ulkan
Rostini aytsam, Husanovning “Manchester Siti”ga transferidan hayratlanganim yo‘q. Chunki uning salohiyati ulkan ekanini bilaman. Eng muhimi, uning hayot yo‘li davomida uni olg‘a boshlaydigan va rivojiga hissa qo‘shadigan insonlar ro‘baro‘ bo‘lishidir.
Masalan, mening qo‘limdan juda ko‘p katta iqtidorga ega futbolchilar o‘tgan, lekin ular keyinchalik atrofidagilarning noto‘g‘ri qarorlari tufayli yuksak saviyada o‘ynab keta olmadi.
Husanovda unday bo‘lmadi. Belarusda ham, Frantsiyada ham kerakli joyga tushdi. Agar Abduqodir bizning jamoaga kelmasdan, “Dinamo Minsk” yoki boshqa klubga o‘tganida, hozir bunaqa himoyachi bo‘lmas edi.
Husanov noyob sifatga ega
Abduqodir Husanov shiddatli o‘yinchi, uning o‘zi yakkakurashlarga kirib boradi, to‘pni olib qo‘yishga usta. Bu juda noyob qobiliyat. Keyingi paytda bizda to‘pni olib qo‘yishni unutib yuborishdi. Hamma o‘yinchilar o‘zini huddi to‘p uchun kurashayotgandek ko‘rsatsa, Abduqodir uni tortib oladi.
Bu tug‘ma iste’dod. Biz uning bu iqtidorini mukammal darajaga olib chiqishga uringanmiz.
Hozir Husanov sobiq ittifoq hududida eng kuchli himoyachi ekaniga aminman. Bunga shubha qiladigan biror kim bormi?
Husanov kuniga to‘rt mahaldan shug‘ullangan
Tasavvur qiling: yoshgina yigit keldi, oliy ligada o‘ynab ketdi va Frantsiya chempionatiga yo‘l oldi. Tabiiyki, katta o‘sishga erishgani uchun shunday bo‘ldi. Buning uchun qanday ulkan hajmdagi ishlarni qilganini siz tasavvur ham qila olmaysiz.
Tushunishingiz uchun aytaman: Kuniga uning ikki mahal umumjamoaviy va ikki marta mustaqil mashg‘uloti bo‘lardi. Qo‘shimchasiga individual mashg‘ulot o‘tardi. Bundan tashqari, Husanovga har bir mashg‘ulot va o‘yindan keyin turli vaziyatlar aks etgan lavhalar berilardi va Abduqodir ularni tahlil qilib chiqardi.
“Energetik-BGU”da ishga ana shunday munosabat bo‘lgan. Kimgi ana shu talablarga javob bersa, o‘ynab keta oladi. Kuchi etmagan zaif o‘yinchilar tarkibdan tushib qolaveradi.
Ta’kidlash joizki, Abduqodir Husanov ilk professional shartnomasini 2022 yilning 17 martiba “Energetik-BGU” bilan imzolagan. Bir yildan keyin legionerimiz Frantsiyaning o‘sha paytdagi vitse-chempioni “Lans” safiga ko‘chib o‘tdi.
Husanov “Lans” tarkibida Frantsiya chempionati va kubogi, UEFAning uchta xalqaro musobaqasi – Chempionlar ligasi, Evropa Ligasi va Konferentsiyalar ligasi ishtirokchisi hisoblanadi.
Janob, Husanovdan zo‘r futbolchi tayyorlab bering!
Husanovni tarbiyalagan murabbiy: Abduqodir “Siti”ga borishi bilan raqobatchilarini “g‘ajib tashlaydi”!
“Top-5” ligalarida o‘ynay oladigan o‘zbek futbolchilari ro‘yxati e’lon qilindi!
Shomurodovning sobiq jamoasiga qarshi o‘yini qanday baholandi?
Fikrlar