
Husanov jamoasi haqida hayratlanarli fakt!
O‘tgan mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunlagan “Lans” jamoasi 21 yillik tanaffusdan keyin yana “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli musobaqasi – Chempionlar ligasida ishtirok etadi.
Monako shahrida tashkil etilgan qur’a tashlash marosimida lansliklar “V” guruhidan joy olgani ma’lum bo‘ldi. Bu kvartetda frantsiyaliklar Angliyaning “Arsenal”, Ispaniyaning “Sevilya” hamda Niderlandiyaning PSV jamoalari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Bu guruhda “Arsenal”ning imkoniyati yuqori baholanayotgani sir emas. Lekin Evropa Chempionlar ligasidagi o‘zaro bahslarda “Lans” ustunlikka ega. 1998 yili Chempionlar ligasida frantsuzlar o‘z maydonida 1:1 hisobida durang o‘ynab, “kanonirlar” mezbonlik qilgan bahsdan kichik hisobdagi g‘alaba bilan qaytgan.
2000 yili esa, London klubi Evropa ligasida “Lans”ni ikki uchrashuvda ham bir to‘p farqi bilan engib, mag‘lubiyat alamini olgan.
Ikki jamoa o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuv o‘rtoqlik maqomida o‘tkazilib, 2016 yili tomonlar bir birining darvozasiga bittadan gol urgan.
“Lans” bosh murabbiyi Frank Xeyz bo‘lajak bahslar haqida firk bildirib o‘tdi.
- Biz 21 yilni, “Arsenal” etti yilni Chempionlar ligasisiz o‘tkazdi. Bu gal bo‘ladigan to‘qnashuv ko‘pchilikda eski xotiralarni uyg‘otadi. Biz jamoamizning yaxshi tomonlarini namoyish qilmochimiz. Shunga qaramay, gurug‘da “Arsenal” qolgan uch jamoadan bir qadam oldinda. Bizni bu guruhda oltita ajoyib uchrashuv kutyapti, - dedi “Lans” ustozi.
Guruhning qolgan ikki vakili – PSV va “Sevilya” hali xalqaro maydonda “Lans”ga to‘qnash kelmagan ekan.
“Lans” murabbiyi Frank Xeyzning ta’kidlashicha, uning jamoasi va PSV o‘rtasida ayrim o‘xshashliklar bor. “Sevilya” esa, Evropa ligasining amaldagi g‘olibi sifatida xalqaro turnirlarda ishtirok etish bo‘yicha juda katta tajriba to‘plagan. Bu jamoa futbolchilari xalqaro miqyosdagi uchrashuvlarda o‘zini ko‘rsatishga ko‘nikib qolgan.
Chempionlar ligasi ishtirokchilarining imkoniyatlarini tahlil qilayotgan mutaxassislarning “Lans”ning bir xususiyatiga alohida e’tibor qaratishdi.
“Lans”ning birorta futbolchisi hali Evropa Chempionlar ligasida qatnashmagan yagona jamoa ekani ma’lum bo‘ldi. Bu jamoaning birorta o‘yinchisida nufuzli xalqaro turnirda to‘p tepish tajribasi yo‘q.
Evropa Chempionlar ligasi guruh bahslarida qatnashishi kutilayotgan O‘zbekistonning yagona futbolchisi – Abduqodir Husanov “Lans” so‘nggi bor Evropa miqyosidagi turnirda qatnashgan paytda hali bu dunyoga kelmagan ham edi.
Demak, bu mavsum “Lans” uchun tarixning yangi sahifasi ochilyapti.
Evropa Chempionlar ligasining guruh bahslari 19 sentyabrdan 13 dekabrgacha davom etadi.
Turnir g‘olibi 2024 yilning 1 iyun kuni Angliyaning “Uembli” stadionidagi final uchrashuvida aniqlanadi.
“Kalyari”: Hujumda kim o‘ynasin? Shomurodovni tanlagan muxlislar nima dedi?
“Kalyari” tarkibni tubdan o‘zgartirdi: Shomurodov...
Shomurodovning sobiq ustozi Raneriga Eldordan foydalanish sirini ochdi!
Husanov ham bor! Evropa Chempionlar ligasi oldidan “Lans” himoyachisini tilga olishdi
Endi Shomurodovga yanada qiyin bo‘ladi, sababi...
Legionerimiz gol urdi
Legionerlarimizga aniq shart qo‘yildi
To‘rt futbolchimiz dunyoning eng qimmat ligalarida to‘p tepmoqda!
Fikrlar