Husanov jamoadoshi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

  • 7 fevral, 16:45
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyneni Turkiyaning nufuzli klublaridan biri sotib olmoqchi. Bu haqda "Fanatik" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, belgiyalik yarim himoyachini Istanbulning "Galatasaray" klubi o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Biroq, 33 yoshli belgiyalik futbolchining yuqori maoshi transfer jarayonlarini murakkablashtirmoqda.

Futbolchining "shaharliklar" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Avvalroq, De Bryuynening MLS ligasiga o‘tishi mumkinligi haqida xabar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, De Bryuyne joriy mavsum APLda 17 ta o‘yinda maydonga tushdi. Kevin ikkita gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!