Husanov faqat futbol o‘ynagani kelgan, sevgan qizi bo‘lmasa ham kerak!

  • 10 mart, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berishi kutilyapti. Xosep Gvardiola mavsum boshidagi inqiroz echishi yangi o‘yinchilarni olib kelish bilan hal qilmoqchi.

Tecno

Yanvarda taklif etilgan to‘rt futbolchi – Abduqodir Husanov, Niko Gonsales, Umar Marmush va Vitor Reys orasida eng muvaffaqiyatli transfer o‘zbekistonlik himoyachi bo‘ldi.

Abduqodir huddi “Lans”da bo‘lgani kabi “Manchester Siti”da ham himoya etakchisiga aylanib bormoqda.

“Siti”ga butun dunyo bo‘ylab muxlislik qiladigan fanatlar o‘zbek futbolchisining ishga bo‘lgan jiddiy yondashuvini alohida e’tirof etmoqda.

Sports.uz portali “Manchester Siti” muxlislarining Abduqodir Husanov haqidagi fikr-mulohazalarini havola qilishda davom etadi.

Jus Ex:

Husanov jamoaning eng jiddiy o‘yinchisiga aylandi.

Edward Hope Njobvu:

Abduqodir Angliyada bor e’tiborini faqat futbol o‘ynashga qaratgan. Hatto uning sevgan qizi ham bo‘lmasa kerak. Ajoyib inson ekan...

Silas Jnr:

Bu o‘yinchi kelishi bilan hammamizning yoqimtoyimizga aylandi.

Argannoo Tufaa:

Jamoamizda faqat shu yigitning “joni” bor.

Êváñs Mulenga:

“Nottingem Forest” maydonida faqat Husanov futbol o‘ynagani kelgan ekan...

Robert Nswana:

Husanov hozir eng yaxshi himoyachi.

Ketai Mapaire Patric:

Abduqodir raqibni to‘xtatish uchun bor imkoniyatini ishga soladi.

Musa Abdullahi:

Husanov bugungi kunda “Siti”da yaxshi o‘ynayotgan yagona futbolchi.

Ketai Mapaire Patric:

Bu yigit “Manchester Siti”ga kelganidan keyin bir necha o‘yin o‘ynadi xolos. Shuning o‘zi Abduqodir engilmas himoyachi ekanini isbotlasha etarli bo‘ldi. Zo‘r himoyachi ekan.

Saleem Ahamad:

Husanov – erkak himoyachi!

Pius Stones:

Husanov har doim borini berib o‘ynaydi.

Mathias Vaganay:

Hozir eng zo‘r o‘yinchi mana shu Husanov. Qolganlariga ishonch qolmadi.

Tumza Kilo:

Husanov kelib himoya kuchaydi, endi muammo – hujum!

Cmolley Y Siname:

Husanovning niyati yaxshi va klub uchun qo‘lidan kelganini qilyapti.

King Goddie:

Husanov himoyalanish uchun tug‘ilgan. Maydonni yondiryapti.

John Dixon:

Men Husanov raqib o‘yinini qanday qilib sindirayotganini ko‘rishni yoqtiraman.

Sgubhumantansolo Mpamayesotja:

Husanov Yoshko Gvadiolni qanday qilib, hujumchidan ikki metr orqada qolmaslikka o‘rgatishi kerak. Shunda kerakli ochkoni saqlab qolamiz.

Solomon Isaac:

Husanov omadsiz debyutantdan, “shaharliklar”ning xaloskoriga aylandi. Qadriga etinglar!

Raneri gol urolmagan Shomurodovga nima deganini aytdi!

Asosiy tarkib o‘yinchisiga aylangan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Husanovni olib qolib, qolganlarni sotib yubor!

Futbol afsonasi Husanovga qanday baho berdi?

Abbosni Evropada kutishyaptimi? Mashhur agent Husanov va Fayzullaevning farqini aytdi!

Gvardiola va Fayzullaev Husanovga qanday baho berdi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Faxriddin
10/03/2025 19:03
Мунча гап қайдан келди, ўзларингдан қўшиб ёзяпсизлар, назаримда!