
Husanov bu jamoa ustuniga aylanadi
“Lans” – Frantsiya chempionati ishtirokchilari orasidagi himoyasi eng mustahkam jamoalardan hisoblanadi.
O‘tgan mavsumda ikkinchi o‘rinni egallagan Frank Xeyz shogirdlari Liga 1 da eng kam gol o‘tkazgan jamoa bo‘ldi. Lansliklar jami 38 ta uchrashuvda atigi 29 ta marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi xolos.
Bu borada keyingi eng yaxshi natijalar “Nitstsa” (37 ta to‘p o‘tkazilgan) va “Renn”ga (39 ta to‘p o‘tkazilgan) tegishli bo‘ldi. Hatto chempion PSJning mashhur golkiperlarining darvozasi ham 40 marotaba ishg‘ol qilingan edi.
Joriy mavsum boshida “Lans” himoyasi ancha bo‘sh o‘ynadi. 26-turgacha o‘tkazilgan jami 24 ta goldan teng yarmi, ya’ni 12 tasi dastlabki oltita uchrashuvga to‘g‘ri keldi.
Lansliklar himoyasi asosan uch futbolchi – Jonatan Gradit, Kevin Danso va Fakundo Medinaga tayanadi. Jonatan Gradit “Lans” himoyasi kelajagini yozda jamoa safiga qo‘shilgan Abduqodir Husanov bilan bog‘lamoqda.
32 yoshli tajribali frantsiyalik futbolchi jamoaning himoya chizig‘i va uning asosiy o‘yinchilari haqida gapirdi.
Fakundo Medina haqida
Argentinalik himoyachi sezilarli darajada o‘sishga erishayotgani rost. U borgan sani kam xato qiladigan juda yaxshi saviyadagi himoyachiga aylanmoqda.
Fakundo mavsumni ajoyib o‘tkazyapti va bizga yordam berayotganidan faxrlanamiz. Uning yonida o‘ynash mazza.
Medina himoyalanishdan tashqari jamoaning hujum harakatlarida ham katta foyda keltiryapti. Bu uning kuchli tomoni va yaxshi sifati. Bu jamoaga katta foyda keltiryapti.
Abduqodir Husanov haqida
“Lans”da har doim jamoaning o‘sishiga turtki bo‘la oladigan himoyachilar bo‘lgan. Men Kristofer Vuni aytishim mumkin, u buyuk himoyachi edi. Bundan tashqari, jamoada Stiven Fortes kabi tajribali o‘yinchilar bo‘lgan va ular imkoniyatlarimizning cho‘qqisigacha chiqishimizga sababchi edi. Abduqodir Husanov esa, ana shunday ko‘plab ijobiy sifatlarni o‘zida mujassam qilgan futbolchi hisoblanadi.
Yangi kelgan o‘yinchilar uchrashuvlar davomida o‘zining eng kuchli xislatlarini namoyish qilishi bellashuvni yaxshi o‘tkazishimizga yordam beradi. Bu jamoa uchun juda yaxshi holat.
Abduqodir Husanovning transferi selektsiya bo‘limining samarali ishini ko‘rsatib turibdi, ular avval hech kim bilmagan va tanimagan o‘yinchini topib keldi.
Husanov yaqin yillarda klubda eng muhim figuraga aylanadi. Men bunga ishonaman, chunki Abduqodirda buning uchun etarli darajada ko‘p sifatlar uyg‘unlashgan. Ayniqsa, u shiddat bilan ayovsmz o‘ynay oladigan kam sonli himoyachilardan hisoblanadi. Bu bizga yuqori ko‘tarilishimiz uchun yordam beradi.
“Lans” himoyasi haqida
Bizda o‘yin sxemasi bor. Unga ko‘ra, biz ko‘pincha yakkakurashlarga kirishamiz. Tabiiyki, kurashlarda 100 foiz g‘olib chiqishning imkoni yo‘q. Ba’zan engilamiz, ayrim holatlarda sariq kartochka olishga to‘g‘ri keladi. Bu bizning jahldor va tajovuzkor ekanimizni anglatmaydi. Shunga qaramay, biz imkon qadar kamroq ogog‘lantirish olishga intilamiz.
Fayzullaev “gapi”ga javob berdi
“Lans” Husanovni kuzatib qo‘yadi
Fayzullaev TsSKAda asosiy tarkibdagi joyidan ayrildimi?
Raneri bir gap bilan Shomurodovni o‘zgartirib yubordi. Murabbiy nima degandi?
Fikrlar