"Humo"ning mavsumdagi eng chiroyli goli aniqlandi

  • 13 aprel, 2020, 13:07
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo" xokkey klubi mavsumning eng chiroyli golini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazayotgani borasida xabar bergan edik. Ikki haftadan ziyod davom etgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, muntazam chempionat doirasida Toshkentda "Ximik" klubiga qarshi bahsda Pavel Zdunov tomonidan kiritilgan shayba "Humo"ning joriy mavsumdagi eng chiroyli goli deb topildi.

Tecno

Bu borada ikkinchi o‘rin Maksim Kazakovga ("Toros" darvozasiga), uchinchi o‘rin esa Nadir Islyamovga ("Torpedo" Ust-Komenogorsk darvozasiga) nasib etdi.

Quyida mavsumning eng chiroyli goli bo‘lish uchun da’vogarlik qilgan barcha 10 ta gol videosini taqdim etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!