
“Humo“ Rossiyada sovrin uchun bellashadi
Rossiyaning Tula shahrida o‘tayotgan xokkey bo‘yicha “Evrosiyo do‘stlik kubogi“ musobaqasining so‘nggi hal qiluvchi final bosqichi bahslarida poytaxtimizning “Humo“ klubi ishtirok etmoqda.
Shuningdek, “Evrosiyo do‘stlik kubogi“da “Humo“ jamoasidan tashqari, VXL chempioni “Neftyanik“ (Almetevsk, Rossiya), Ekstra-Liga g‘olibi “Metallurg“ (Jlobin, Belarus) hamda VXL vitse-chempioni AKM (Tula, Rossiya) kabi xokkey klublari bosh sovrin uchun o‘zaro raqobatlashadi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, ertaga 6 yanvar kuni Toshkentning “Humo” jamoasi mamlakatimiz vaqti bilan soat 13:30 da yarim final bahsida “Metallurg“ bilan o‘yin o‘tkazadi. Uchrashuv yakuniga etgandan so‘ng esa ikkinchi yarim final uchrashuvi start oladi.
Unda “Neftyanik“ – “AKM“ klublari final yo‘llanmasi uchun o‘zaro raqobatlashadi. Ushbu o‘yinlarda g‘olib jamoalar 7 yanvar kuni soat 19:00 da boshlanadigan final uchrashuvida muzga chiqadi. Mag‘lub bo‘lgan jamoalar esa soat 14:00 da uchinchi o‘rin uchun o‘zaro bellashadi.
Fikrlar