"Humo" himoyachisi Xabibning jamoaga kelishi haqida: Bu yangilikni katta hayajon bilan qarshi oldik

  • 1 aprel, 2020, 10:50
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo" xokkey klubi rossiyalik aralash jang san’atlari ustasi Xabib Nurmagomedov bilan hamkorlik masalasida o‘zaro kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edik. Ammo, bu katta ehtimol bilan 1 aprel hazili bo‘lishi mumkin.

Tecno

"Qanotlilar" himoyachisi Igor Merejko ushbu yangilikka o‘z munosabatini bildirdi.

"Biz bu yangilikni jamoamiz katta hayojon bilan qarshi oldi. Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyimiz Arnis Ritenieks jang san’ati bo‘yicha yaxshi mahoratga ega va endi Xabib bilan birgalikda ular bizga ko‘plab yangi narsalarni o‘rgatishadi. Xabibning jamoamizga kelishini sabrsizlik bilan kutyapmiz", - deya Merejkoning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!