"Humo-2" 2020 yildagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

  • 26 yanvar, 2020, 22:34
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo-2" jamoasi safarda "Aktobe"ga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvning asosiy vaqti overtaymida g‘olib nomi aniqlanmadi - 2:2. Bullitlar seriyasida esa omad "qanotlilar"ga kulib boqdi. Shu tariqa. "Humo-2" 10 o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyaga yakun yasadi.

Tecno

Bugungi g‘alaba evaziga Aleksandr Ageev shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 49 taga etdi va jamoa turnir jadvalidagi 11 jamoa orasida 10-o‘rinni egallab turibdi.

Toshkentliklar shu bilan keyingi uchrashuvlarini fevral oyida o‘z maydonida o‘tkazishadi. 11-12 fevral kunlari "Temirtau", 15-16 fevral sanalarida esa "Almati" "Humo-Arena"ga tashrif buyuradi.

XK "Aktobe" (Aktobe) - "Humo-2" (Toshkent) - 2:3 B (0:2, 0:0, 2:0, 0:0, 0:1)

0:1 - Popitich (Yanchuk, Mexonoshin) - 07:08,
0:2 - Popitich (Yanchuk, Mexonoshin) - 10:15,
1:2 - Teslenko (Chebotaev, Baldin) - 56:35,
2:2 - Zinchenko (Spiridonov, Kopitin) - 59:41,
2:3 - Popitich - 65:00 - Yakuniy bullit.

Darvozabonlar: Poluektov (58:59 - 59:41 - PV) - Zokirov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!