"Humo" - "Dinamo Tver" o‘yiniga tashrif buyurib, xayrli ishga o‘z hissangizni qo‘shing

  • 28 yanvar, 2020, 17:58
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 5 fevral kuni "Humo Arena" muz saroyida bo‘lib o‘tadigan "Humo" - "Dinamo Tver" xayriya uchrashuviga aylanadi.

Tecno

Chiptalar sotuvidan yig‘ilgan barcha mablag‘lar "Ezgu amal" fondiga xayriya sifatida o‘tkazib beriladi. Shu kuni O‘zbekiston xokkey tarixida ilk bor o‘yinchoq ayiqchalar ulashish aktsiyasi ham o‘tkaziladi.
Ushbu fond onkologik hamda qon kasalligiga chalingan bolajonlarga yordam qo‘lini cho‘zadi. Ushbu kun siz nafaqat "Humo" jamoasini, balki yordamga muhtoj bo‘lganlarni ham qo‘llab-quvvatlay olasiz.

Chiptalarni iTicket.uz va kassalardan harid qiling hamda ezgu amalga biz bilan birga qo‘l uring.

tver

Ezgu amal - O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy tarmoqlar orqali tashabbuskor ko‘ngillilar tomonidan yaratilgan ilk fond bo‘lib, shu kungacha 150 dan ortiq bemorlarga qimmat dorilarni xarid qilishda, tibbiyot muolajalarni to‘lashda va ruhiy tomonlama yordam ko‘rsatgan! 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!