
Hukumat chempionat o‘yinlarini davom ettirishga ruxsat berdi
Shveytsariya Federal kengashi mamlakat chempionati bahslarini 8 iyun sanasidan muxlislarsiz davom ettirilishiga ruxsat berdi.
Faqat mamlakat futbol ligasi ushbu kundan boshlab mavsum davom ettirilishini ma’qullaydimi yoki yo‘q, bunisi hozircha noma’lum.
Federal kengash 11 maydan boshlab sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni 5 kishidan ko‘p bo‘lmagan kichik guruhlarda jismoniy kontakt, gigiena va masofalanish qoidalariga rioya etgan holda boshlashga ham ruxsat berdi.
Fikrlar