
Haqiqiy yulduz mana shunday bo‘ladi: Benzemani yo‘qotmoqchi bo‘lgan bosh murabbiy ishdan haydaldi!
“Al-Ittihod” prezidenti Luay Nazir klub Karim Benzema bilan mojaroga borgani uchun bosh murabbiy Marselo Galyardoni ishdan bo‘shatganini ma’lum qildi.
Galyardo Karim Benzemani yo‘qotishni talab qilib, katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Karim Saudiya Arabistoni va klubning juda katta loyihasining asosiy bo‘lagi.
Bizda bosh murabbiylikka ikki-uchta nomzod tayyor.
Klubning ayni paytdagi eng katta maqsadi “Al-Ittihod”ning yangi mavsum oldidan tayyorgarlik yig‘inlari boshlanadigan sana – 12 iyulga qadar ko‘proq transferlarni amalga oshirish, - dedi Luay Nazir.
36 yoshli Karim Benzema klub bilan 2023 yilning yozida "Real" bilan hamkorligini yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida shartnoma tuzgan edi. Osiyo qit’asidagi debyut mavsumda frantsiyalik mashhur to‘purar barcha turnirlarda 29 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 13 ta gol va jamoadoshlariga sakkizta golli pas uzatdi.
Fikrlar