Haqiqiy aybdor(lar) topilib jazolanishi "Lokomotiv" uchun ham muhim

  • 5 sentabr, 2022, 15:49
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha va bugun futbolga aloqador saytlarda "Lokomotiv" PFK futbolchisi, asosiy jamoa sardori Kaxi Maxaradzening kelishilgan o‘yinda ishtirok etgani yuzasidan xabarlar tarqaldi.

Tecno

Shuni ma’lum qilamizki, ayni payt O‘FA "Futbol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus inspektsiyasi" ushbu masala yuzasidan surishtiruv-tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Vaziyat qanday yakun topishi hamda haqiqiy aybdor(lar) topilib jazolanishi "Lokomotiv" PFK uchun ham muhim. Zero jamoamiz har doim halol o‘yin tarafdori bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Biz kelishilgan uchrashuv, totalizator va har qanday pul tikish yo‘li bilan o‘ynaladigan o‘yinlarga mutlaqo qarshimiz!

"Lokomotiv" PFK ushbu masala yuzasidan O‘FA va "Futbol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus inspektsiyasi"ning rasmiy xabar berishini kutishini ma’lum qiladi.

            
                                                                                                                                                                   "Lokomotiv" PFK matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
05/09/2022 20:42
Aziz Asimovni ham teksherish kerak usha kuni. Nasafka qarshi. 0. 0 ga bergalikka tekishkan chunki hamma Nasafni galabasiga pul tekkan.