
Hammasi xolislik bilan bajarilmadimi? VARning 10 ta "qovuni" haqida
Qatarda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi. Salkam bir oy davom etgan ushbu musobaqa Yaqin Sharqda o‘tkazilgan ilk jahon chempionati bo‘ldi.
Uchrashuvlarni FIFA ning 36 ta arbitri boshqarib bordi. Bu mundialda ham video assistent referi (VAR) xizmatidan foydalanildi va u bilan bog‘liq eng bahsli vaziyatlar ham etarlicha bo‘ldi.
1. Mundialning "D" guruh ikkinchi turida Tunis - Frantsiya uchrashuvida Antuan Grizmann ikkinchi bo‘limning 8-daqiqasida afrikaliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Mettyu Konger takroriy lavhani ko‘rgandan keyin ofsayd tufayli golni bekor qildi. Yakunda Frantsiya mag‘lubiyatga uchradi. Keyinchalik bu qaror ustidan Frantsiya futbol rasmiylari apellyatsiya berdi. Biroq FIFA buni rad etdi.
2.Jahon chempionati ''H'' guruh ikkinchi turida Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya va Urugvay terma jamoalari o‘rtasidagi bahsning qo‘shib berilgan daqiqalarida eronlik hakam Alirizo Fag‘oni Urugvay himoyachisi Xose Mariya Ximenes qo‘li bilan o‘ynagani uchun Portugaliya foydasiga belgilagan 11 metrli jarima zarbasi.
3. "S" guruhinig uchinchi turida Polsha - Argentina bahsida darvozabon Voytsex Shchensniyning Argentina terma jamoa sardori Messiga qo‘pol o‘ynagani uchun niderlandiyalik referi Danni Makkeli polshaliklar darvozasiga belgilagan penalti.
4. Musobaqaning " E" guruhi Yaponiya-Ispaniya bahsida "samuraylar" yarim himoyachi Ao Tanakaning 51 daqiqada to‘pni maydon tashqarisiga chiqib ketgandan keyingi Ispaniyaga urgan goli ispanlarning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. Uchrashuvni FIFA hakami Viktor Gomes boshqarib bordi.
5. Mundialning "A" guruhidagi dastlabki bahsi va turnirning ochilish o‘yini mezbon mamlakat Qatar va Ekvador terma jamoalari o‘rtasida kechdi va unda italiyalik mashhur hakam Daniele Orsato ishladi. Bu uchrashuvda Ekvador hujumchisi Enner Valensiyaning urgan dastlabki golining ofsayd tufayli bekor qilinishi.
6. Frantsiya va Marokash terma jamoalarining yarim finaldagi o‘yinida ham hakamlar "qovun tushirdi". Himoyachi Teo Ernandes marokashlik yarim himoyachi Sofian Bufalning oyog‘iga zarba bergandan keyin meksikalik arbitr Sesar Arturo Ramosning "uch ranglilar" darvozasiga penalti belgilamaslik qarori.
7. Chorak final Angliya va Frantsiya terma jamoalari bahsidagi braziliyalik referi Vilton Sampayoning inglizlar hujumchisi Xarri Keynning frantsiyalik himoyachi Dayo Upamekano bilan to‘qnashuvda yiqilib tushgandan keyin jarima zarbasi berilmagani.
8. "H" guruhi dastlabki turida Portugaliya sardori Krishtianu Ronaldu o‘yinning 64-daqiqasida ganalik himoyachi Moxammed Salis bilan to‘qnashuvdagi vaziyat. Referi Ismail Elfat afrikaliklar darvozasiga penalti belgiladi.
9. Guruh bosqichi Gana - Urugvay bahsidagi afrikaliklar himoyachisi Deniel Amartining urugvayliklar hujumchisi Darvin Nunes bilan to‘qnashuvdagi vaziyat uchun Daniel Zibertning penalti belgilamaslik qarori.
10. "F" guruhi so‘nggi turidagi Xorvatiya va Belgiya uchrashuvida Entoni Teylorning belgiyaliklar darvozasiga belgilangan penaltining himoyachi Lovrenning ofsaydda qolib ketgani tufayli bekor qilingan vaziyat.
Shuni eslatib o‘tish kerakki, hakamlar ham, VARda o‘tirganlar ham ODAM. Shunday katta turnirlarda 30-40 ta kamera yordami bilan ham xatoliklar bo‘lyaptimi, unda biz 3-4 ta kamera orqali vaziyatlarga baho beradigan O‘zbekiston chempionatidagi hakamlardan nima ham kuta olamiz...
Fikrlar