Hakim Ziesh "An-Nasr"ga o‘tmaydi

  • 30 iyun, 2023, 20:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hakim Ziesh "An-Nasr"ga o‘tishga juda yaqin kelgandi. Tomonlar 8 million funt evaziga kelishuvga erishgan. Vingerning o‘zi ham riyodliklar safiga borib qo‘shilishga tayyor edi.

Tecno

"Foot Mercato" nashri xabar berishicha, Zieshning tizzasida jarohat bo‘lgan va tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagan. Bundan tashqari, Hakim Saudiya klubi bilan maosh borasida ham kelisha olmadi.

Marokashlik futbolchi bilan bunaqa voqea birinchi marta bo‘layotgani yo‘q. Avvalroq, uning PSJga transfer barbod bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!