Hakamlarimiz xalqaro seminarda ishtirok etishmoqda

  • 28 avgust, 2023, 16:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 26-30 avgust kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida “Video Assistant Referee Course” seminari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.

Tecno

Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu kurs-seminarda 4 nafar hakamimiz — Rahimbek Karimov, Abdurashid Xudoyberganov, Aziz Asimov hamda Firdavs Norsafarov, shuningdek, o‘zbekistonlik hakamlar uchun FIFA nazoratchisi hisoblanuvchi Farhod Abdullaev ham ishtirok etmoqda.

Seminar davomida VAR texnologiyasi, undagi yangiliklar va ularning futbolga tatbiq qilinishi borasida keng qamrovli nazariy va amaliy bilimlar berilishi ko‘zda tutilgan. Vakillarimizga bu seminarda muhim ko‘nikmalar shakllantirib, yangi bilimlar olishlarini tilab qolamiz, - deyiladi O‘zFHM xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
expert Umid-informatik
28/08/2023 16:51
Варни ўрганиб келишсин , хото кўп бўлияпти