
Gyuler Ronalduni ortda qoldirdi
Arda Gyuler Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.
Turkiya yarim himoyachisi "Evro-2024" doirasida Gruziyaga (3:1) qarshi bahsda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. U 19 yoshu 114 kunligida Evropa chempionatlarida o‘zining debyut bahsida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Qayd etish lozim, Ronaldu "Evro-2004"da 19 yoshu 128 kunligida ushbu natijani qayd etgandi.
Shuningdek, Gyuler Evrolar tarixida gol urgan eng yosh futbolchilar ro‘yxatida ham kuchli beshlikka kirib oldi. Rekord Yoxan Fanlantenga tegishli. U "Evro-2004"da 18 yoshu 141 kunligida gol urgandi.
Fikrlar