Gvardiolaning “tanka”si ishdan ketyapti

  • 14 oktabr, 2024, 17:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati klubning sport direktori vazifasida 12 yil ishlagan Siki Begiristaynning ishdan ketishini rasman tasdiqladi.

Tecno

Klubga 2012 yili sport direktori etib tayinlangan bu mutaxassis joriy mavsum oxirida o‘z o‘rnini bo‘shatib qo‘yadi. Uning o‘rnini ayni paytda “Sporting”da shu lavozimda ishlayotgan Ugu Viana egallaydi.

- Biz mavsum oxirida “Manchester Siti” taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shan Siki Begiristaynga minnatdorlik bildirish imkoniyatini intizorlik bilan kutyapmiz, - deyiladi “Manchester Siti” bayonotida.

Chiki Begiristayn klubga hozirgi bosh murabbiy Xosep Gvardiolani olib kelgan mutaxassis hisoblanadi. Ispaniyalik murabbiy qo‘l ostida “shaharliklar” klub tarixidagi eng ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi.

Chiki Begiristayn Manchesterga kelgunga qadar 2003-2010 yillar davomida “Barselona”da sport direktori lavozimida muvaffaqiyatli ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!