Gvardiola "Real" yarim himoyachisini jamoasida ko‘rmoqchi

  • 9 noyabr, 2023, 17:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos joriy mavsum oxirida klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar berdi.

Tecno

Germaniyalik yarim himoyachining xizmatlariga "Manchester Siti" klubi qiziqish bildirmoqda. "Shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Kroos bilan “Bavariya”da birga ishlagan va uning imkoniyatlarini yaxshi biladi.

Ingliz klubi Kroosni kelasi yozda, futbolchining "Real" bilan shartnomasi tugashi bilan o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Manchester Siti" 33 yoshli xavbekka mavsumiga 15 million evro maosh bilan shartnoma taklif qilishga tayyor.

La Liganing joriy mavsumida Toni 12 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!