Gvardiola MYuni tanlagan Ronaldu haqida fikr bildirdi

  • 28 avgust, 2021, 22:01
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola MYu safiga ko‘chib o‘tgan Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Xafa bo‘lish noto‘g‘ri, deb o‘ylayman. Bizning o‘z tarkibimiz bor. Klubga kelganimdan buyon menga eng yaxshi futbolchilarni olib berganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Biz xafa bo‘lmaymiz.

Ronalduning Angliyaga qaytgani juda yaxshi. Bu Premer-liga uchun xushxabar",-dedi Gvardiola "BT Sport" telekanaliga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Krishtianu "Yuventus"dan "qizil iblislar" safiga kelib qo‘shildi va 2 yillik shartnoma imzoladi.

Krishtianu 2003-2009 yillar oralig‘ida ham "Old Trafford" sharafini himoya qilgan. Bu vaqt oralig‘ida u 292 uchrashuvda 118 gol va 69 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
29/08/2021 12:36
Қирол ўз юртига қайтди. Скарни қувиб салтанатни қайта эганлаш учун қайтди... Нима Скар маймунми? Йўқ қролнинг амакиси... У амакисидан тахтни тортиб олмоқчи. Омад қрол Роналдуга.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
29/08/2021 11:50
Bugun katta fudbol shu haqiga yozingla undan kura. Nasaf Navbahor. har doim kuchli uyin bulgan shak shubhasiz. Navbahor qanday holatka kelishidan qatiy nazar har safar Nasafka qarshi kuchli uynaydi.