Gvardiola: "Manchester Siti" o‘rnimga albatta nomzod topadi

  • 18 oktabr, 2024, 17:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelajagi haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, klub unga qaror qabul qilish uchun muddat belgilamagan. Uning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Tecno

"Klub qarorimni qachon aytishim kerakligi to‘g‘risida meni ogohlantirmadi. Ammo ishonchim komilki, agar men ketsam, «Manchester Siti» o‘rnimga albatta nomzod topadi. Ertami-kechmi bu sodir bo‘ladi va klub bunga tayyor bo‘lishi kerak. Bu syurpriz bo‘lmasligi kerak. Men hamma narsa klub uchun imkon qadar yaxshi bo‘lishiga ishonch hosil qilmoqchiman. "Manchester Siti"ga muammo tug‘diradigan hech qanday harakat qilmayman. Agar klub o‘rnimga kimni olib kelish haqidagi fikrimni so‘rasa, men bunga albatta javob beraman”, - dedi Gvardiola.

Ma’lumot uchun, Xosep Gvardiola "Manchester Siti"ni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!