Gvardiola Husanovning joyini egallagan futbolchini maqtadi
APLning 16-turida "Manchester Siti" "Kristal Pelas"ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bellashuvda o‘z hisobiga assist yozdirib qo‘ygan Mateus Nunesh bosh murabbiy Jozep Gvardiola tomonidan maqtaldi.
"Mateus Nunesh o‘z ustida ishlab rivojlanyapti. U ajoyib qanot himoyachisiga aylandi. Nunesh eng yuqori darajadagi futbolchi. Uning Erling Xolandga uzatgan pasi fantastik bo‘ldi.
Mateus aslida yarim himoyachi, va bunday paslarni amalga oshira oladi. U o‘z tezligini chiziqda moslashtiryapti va Ruben Diashga katta yordam berayapti. Uzatmalar haqiqatan ham juda yaxshi. Uning o‘zgacha tezligi bor edi, bizda u vaqtda bu kabi tezkor futbolchi yo‘q edi va hozir ham yo‘q. U bir necha pozitsiyada o‘ynay oladi", — dedi Gvardiola.
Ma’lumki, Abduqodir Husanov jarohat olganidan so‘ng, portugalik himoyachi uning harakat qilayotgan o‘ng qanot himoyasi pozitsiyasida maydonga tusha boshladi va asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Husanov esa ketma-ket bir nechta bahsdan buyon zaxirada qolmoqda.



Fikrlar