Gvardiola: Har bir jamoaning zaif tomoni bor, shu qatori bizni ham

  • 28 yanvar, 20:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasidagi "Bryugge"ga qarshi o‘yinga rejasi haqida gapirdi. "Shaharliklar"ga g‘alaba qozonish zarur, aks holda jamoa turnirdan chiqib ketadi.

Tecno

"Biz birinchi 20 daqiqa ichida "Bryugge"ga ko‘p gol urishni istaymiz. Ammo bunday bo‘ladi deb o‘ylamayman. Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun o‘yin davomida nimadir o‘zgacha qilish kerakligini bilamiz. Hammasi oddiy: agar yutmasak, turnirdan chiqib ketamiz, agar yutsak, keyingi bosqichga o‘tamiz. Chempionlar ligasida ko‘p marta o‘ynaganman va bir payt kelib bunday "hamma narsa yoki hech narsa" o‘yinlari bo‘lib turadi. Odatda, bu kechki bosqichlarda sodir bo‘ladi. Hozir esa bunday holatga erta duch keldik, chunki etarlicha yaxshi o‘ynay olmadik.

"Bryugge"ga qarshi qiyin o‘yin bo‘lishini kutyapman. Agar jamoa ketma-ket 20 ta mag‘lubyatsiz o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, demak, u yaxshi jamoa. Ularning ba’zi o‘yinlarini ko‘rdim. Ular kuchli raqibga noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Har bir jamoada, jumladan bizda ham, zaif tomonlar bor. Biz raqibning zaif tomonlarini aniqlab, ulardan foydalanishimiz kerak,"-dedi Gvardiola jurnalistlarga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!