
Gvardiola EChL finali oldidan "Inter" haqida nimalar dedi?
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola nima uchun "Inter"ni xavfli raqib deb bilishini tushuntirdi.
Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" 10 iyun kuni Chempionlar ligasi finalida aynan “neradzurrilar”ga qarshi bahs olib boradi.
“Bu jamoa boy tarixga ega va tizimli o‘yinni juda yaxshi o‘zlashtirgan. Ular o‘tgan bosqichlarda hujumchilardan foydalanishda juda yaxshi ko‘rsatgich qayd etishdi. "Inter"da maydonni ko‘ra olish bo‘yicha dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri Andre Onana bor. Bu bizning ishimizni yanada qiyinlashtiradi.
Biz “Inter”ning o‘yinlarini iloji boricha ko‘proq tomosha qildik va ular nima uchun finalgacha etib kelishganini tushundik.
"Inter" biz uchun juda ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday mudofaa tizimiga qarshi hujum qilish oson emas. Biz yuqori sur’atda harakat qilishimiz kerak, lekin shu bilan birga shoshma-shosharlik qilmasdan. Biz bu o‘yinda 3-4 ta pas bilan maqsadimizga erisha olmaymiz.
Italiyada "Inter" har bir o‘yinni nazorat qilishga o‘rganib qolgan, ularda yaxshi kombinatsion o‘yin bor, shuning uchun biz albatta yaxshilab himoyalanishimiz kerak.
Bu top jamoaga qarshi final va biz o‘z yo‘limizni topishimiz kerak. Biz o‘zimizga ishonamiz va optimistmiz, lekin shu bilan birga, raqiblarning, ayniqsa Chempionlar ligasi finalidagi raqibning mahoratini inkor etib bo‘lmaydi”, - dedi “Man Siti” bosh murabbiyi.
Fikrlar