
Gvardiola “Chelsi” yulduzini “Manchester Siti”ga o‘tishga ko‘ndirdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozda jamoasiga “Chelsi”ning xorvatiyalik legioneri Mateo Kovachichni qo‘shib oladigan bo‘lyapti.
Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaning ta’kidlashicha, 29 yoshli futbolchi “shaharliklar” bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishib bo‘lgan.
Endi “Manchester Siti” mutasaddilari “aristokratlar”ni futbolchini qo‘yib yuborishga ko‘ndirishi kerak. Transfer mutasaxassislari buni 40 million evro evaziga uddalash mumkinligini aytmoqda.
Kovachich mavsumda 37 ta uchrashuvda qatnashib, ikkitadan gol va assist muallifi bo‘ldi. Uning shartnomasi yana bir yil davom etadi.
Fikrlar