Gvardiola bo‘lajak chempion nomini aytdi. U “Siti” emas!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida qaysi jamoa chempionlik uchun asosiy da’vogar ekani haqidagi savolga javob berdi.
Ayni paytda musobaqa jadvalida “Arsenal” 19 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Sanderlend” bitta uchrashuv ko‘p o‘tkazgan holda 17 ochko bilan ikkinchi o‘ringa chiqdi va 16 ochkosi bor “Manchester Siti”ni uchinchi o‘ringa surib qo‘ydi.
Chempionatda qatorasiga to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgan amaldagi chempion “Liverpul” 15 ochkosi bilan oltinchi o‘ringa tushib ketdi.
- Menda “Arsenal” mavsum oxirigacha ko‘p ochko yo‘qotadi, degan hissiyot yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, mening fikrimcha, oxirgi uchrashuvlardagi mag‘lubiyatlar seriyasiga qaramay, “Liverpul” baribir asosiy favorit bo‘lib qolaveradi, - dedi Xosep Gvardiola.



Fikrlar