Gvardiola: "1000 ta o‘yin — men uchun alohida bosqich"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z murabbiylik faoliyatidagi 1000-o‘yin oldidan fikr bildirdi. Yakshanba kuni "Siti" APL doirasida "Liverpul"ga qarshi maydonga tushadi.
"Murabbiy sifatida 1000 ta o‘yin o‘tkazish — bu alohida his. "Barselona B"da faoliyatni boshlagan paytimda bu haqda umuman o‘ylamaganman. Sen faqat ishingni yaxshi bajarishni, to‘g‘ri futbol o‘ynashni va natijani ko‘rishni istaysan.
Menga omad kulib boqdi — uchta ajoyib klubda ishlash imkoni bo‘ldi. "Barselona", "Bavariya" va "Manchester Siti"da men har doim to‘liq ishonch va qo‘llab-quvvatlashni his qildim. Men hech qanday chalg‘itishlarsiz ishlash, o‘zimdagi eng yaxshi natijani berish imkoniga ega bo‘ldim. Bu faoliyatimdan juda faxrlanaman.
Sovrinlar? Rostini aytsam, bunday ko‘p g‘alabalar qo‘lga kiritishimni tasavvur ham qilmaganman. Lekin bu ajoyib safar bo‘ldi. Men bir soniyani ham almashtirmasdim.
Birma-bir ism sanab o‘tish qiyin, lekin so‘nggi 18 yilda men bilan birga ishlagan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, men qilgan har bir ishda meni qo‘llab-quvvatlagan oilamga ham alohida rahmat", — deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.



Fikrlar