
Guti: "Agar men Messining o‘rnida bo‘lganimda, “Barselona”ga qaytmagan bo‘lardim"
"Real" Madrid va Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Lionel Messining hozirga vaziyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Kataloniya klubi PSJ bilan shartnomani uzaytirmasligi aniq bo‘lgan argentinalik futbolchini qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqda.
“Agar men Lionel Messining o‘rnida bo‘lganimda, “Barselona”ga qaytmagan bo‘lardim. U erda hamma narsaga allaqachon erishgan.
Ayni paytda bu juda katta qiyinchilik. Messi "Barselona"da bo‘ladimi yoki yo‘qmi, ular Chempionlar ligasida g‘alaba qozona olmaydi", - deya Gutining so‘zlarini keltiradi "El Chiringuito".
Ma’lumot uchun, ispaniyalik afsona "qirollik klubi" bilan uch bora Chempionlar ligasi kubogini ko‘targan.
Fikrlar