Grizmann muhim bellashuvni o‘tkazib yuboradi

  • 28 fevral, 2024, 22:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Antuan Grizmann Ispaniya kubogi yarim finalida "Atletik"ga qarshi o‘ynamaydi. Bu haqda "Atletiko" ustozi Diego Simeone ma’lum qildi. 

Frantsuz EChL nimchorak finalidan o‘rin olgan "Inter"ga qarshi bellashuvda to‘pig‘idan jarohat olgandi. 

"U o‘ynamaydi. Bizga uning tiklanishi muhim va u "Inter"ga qarshi javob uchrashuviga qadar safga qaytishga harakat qiladi.

Bu men uchun hech narsani o‘zgartirmaydi. Uning shu holatda o‘ynay olishiga ishonmadim va allaqachon boshqa variantlarni ko‘rib chiqqandim", - dedi Simeone. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!