
Grizmann boshqa superklubga ketadi
“Barselona”ni tark etishi kerak bo‘lgan futbolchilar orasida jahon chempioni Antuan Grizmanning ham nomi bor. Frantsiyalik hujumchi Kataloniya klubida o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti.
Shunga qaramay, Evropaning boshqa grandlari Grizmanniga imkon berishga tayyor.
“Barselona”ga yozda Memfis Depay va Serxio Aguero kelishi kutilmoqda. Shu bois, kataloniyaliklar Grizmanndan tezroq qutilmoqchi va unga sarflangan 120 million evroning ma’lum qismini transfer orqali qaytarib olmoqchi.
Vaziyatdan “Liverpul” unumli foydalanib qolishga harakat qilyapti. Yurgen Klopp jamoasi 30 yoshli futbolchi uchun 50 million evro bermoqchi va taklifni bu summadan oshirmasligini bildirmoqda.
Grizmannga liverpulliklardan tashqari “Manchester Yunayted” va “Atletiko” ham xaridor bo‘lyapti.
Fikrlar