
Grizmann "Atletiko"da o‘ziga raqam tanladi
“Atletiko” Madridga qaytgan hujumchi Antuan Grizmann o‘ziga raqam tanladi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, frantsiyalik futbolchi 8-raqamni olgan.
Aytish kerakki, Grizmann 2014-2019 yillarda ham “matraschilar” sharafini himoya qilgan. O‘shanda u 7-raqamda to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” Antuanni keyinchalik sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga oldi.
Fikrlar