Grilishning transferi MYu uchun qanchaga tushadi?

  • 7 yanvar, 2021, 20:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilishni qo‘lga kiritish niyatidan voz kechgani yo‘q.

Tecno

25 yoshli Angliya terma jamoasi futbolchisining transfer summasi sezilarli darajada yuqoriladi. The Athletic nashriga ko‘ra, villaliklar rahbariyati yarim himoyachini 90 million funtga baholamoqda.

MYu Grilish mavzusiga yozgi transfer oynasi vaqtida to‘xtalmoqchi, chunki qishda mankunianlar yarim himoyachi sotib olishni rejalashtirmayapti. Qo‘shimchasiga, "qizil iblislar" davralar oralig‘ida Pol Pogbani sotib yuborganidan so‘ng, uning o‘rniga yulduz futbolchini olib kelishi mumkin.

Grilish joriy mavsumda Premer-liga bahslarida 15 ta o‘yinda 12 ochko (5+7) to‘pladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!