"Good ebening!" Unai Emeri APLga qaytishini MYu ustidan qozonilgan g‘alaba bilan nishonladi, "Nyukasl" raqibini yanchib tashladi

  • 6 noyabr, 2022, 21:45
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer ligasi 15-turidan o‘rin olgan bir nechta uchrashuvlar nihoyasiga etdi. Ulardan birida "Manchester Yunayted" "Aston Villa" maydonida mag‘lubiyatga uchradi, 1:3.

Tecno

Mezbonlar safida Leon Beyli, Lyuka Din hamda Jeykob Remzi to‘p kiritdi. Remzining o‘zi avtogol urib, manchesterliklarning yagona goliga mualliflik qildi. Shu tariqa, yaqindagina birmingemliklar bosh murabbiyligiga tayinlangan Unai Emeri kambekni g‘alaba bilan nishonladi.

Shuningdek, bu mavsum juda zo‘r o‘yin namoyish etayotgan "Nyukasl" "Sautgempton"ni 4:1 hisobida taslim etdi.

Migel Almiron, Kris Vud, Jo Uillok hamda Bruno Gimaraesh tomonidan urilgan gollarga "avliyolar" safida Perro bir marotaba javob qaytardi.

Yana bir o‘yinda "Kristal Pelas" ajoyib kambek evaziga "Vest Xem"dan ustun keldi.

Said Benrahma "bolg‘achilar"ni hisobda oldinga olib chiqdi. "Burgutlar" Uilfred Zaaning aniq zarbasi evaziga hisobni tenglashtirib, 90+4-daqiqada Maykl Olisening goli evaziga g‘alabani ilib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!