Golovin mavsumning eng yomon transferi deb topildi

  • 4 iyun, 2019, 21:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2018 yilning yozida TsSKAdan “Monako”ga ko‘chib o‘tgan Aleksandr Golovin Goal.com talqini bo‘yicha mavsumning eng yomon transferi deb topildi.

Tecno

Portal kuzatuvchilari 23 yoshli rossiyalik futbolchini Frantsiya chempionatiga umuman moslashib keta olmadi deb hisoblashdi. Uning transferi aynan mana shu me’zon asosida baholangan.

Eslatib o‘tamiz, “Monako” Golovinni o‘tgan yoz 30 mln evroga sotib olgan edi. U ortda qolgan mavsum monakoliklar safida 35ta o‘yinda maydonga tushdi va 4ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!