
Gollandiyalik futbolchi yarim yil futbol o‘ynolmaydigan bo‘ldi
Shveytsariyaning "Bazel" klubi forvardi Rikki van Volfsvinkel bosh miya yarim sharida anevrizm aniqlangani bois 6 oy futbol bilan shug‘ullana olmaydi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki agar ushbu kasallikdan vaqtida davolanmasa, anevrizm yorilishi natijasida ichki qon ketishi mumkin. Bu esa o‘limga olib keladi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Volfsvinkel "Bazel"da 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U faoliyati davomida shuningdek "Vitess", "Utrext", "Sporting", "Norvich", "Sent-Eten" va "Betis" kabi klublarda ham o‘ynagan.
Fikrlar