Gimnastika. Litsenziatlarimiz Jahon kubogining yakuniy bosqichida ishtirok etadi

  • 5 iyun, 2024, 15:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Gimnastika
CHERY AUTO

21-23 iyun kunlari Italiyaning Milan shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining to‘rtinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ahamiyatlisi, bu joriy mavsumning so‘nggi bosqichi hisoblanib, Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari oldidan sportchilarning tayyorgarligini yana bir karra sinovdan o‘tkazish imkoniyatini taqdim etadi.

Tecno

O‘Zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu turnirda yakkalik bahslarida Taxmina Ikromova hamda Anastasiya Saranseva, guruh mashqi dasturida Mumtoza Is’hoqzoda, Shahzoda Ibragimova, Iroda Sodiqova, Evelina Atalyans, Amaliya Mamedova yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Musobaqa yakuniga etgach, jamoa Misrga yo‘l oladi va u erda ham yana bir startda ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!