Germaniyalik jahon chempioni 32 yoshida faoliyatini yakunladi
Germaniya terma jamoasi hamda “Borussiya” Dortmund klubi sobiq yarim himoyachisi Kevin Grosskroyts faoliyatini yakunladi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar bermoqda.
Aytish kerakki, Germaniya terma jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Kevin endigina 32 yoshda edi.
Grosskroyts "Borussiya"dan tashqari, "Galatasaroy", "Darmshtadt" va "Yurdingen" klublarida ham o‘ynagan. U ikki karra Germaniya chempioni va ikki karra mamlakat Superkubogi sohibi hisoblanadi.



Fikrlar