Germaniya terma jamoasi uchun jiddiy yo‘qotish

  • 7 oktabr, 2024, 18:05
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ushbu mavsumni juda yaxshi kayfiyatda o‘tkazayotgan Kay Xaverts APLning 10-turidan o‘rin olgan "Sautgempton"ga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat olgani ma’lum bo‘lmoqda. 

Tecno

Shu tariqa, hujumkor yarim himoyachi Germaniyaning ushbu FIFA kunlaridagi uchrashuvlarida ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Bu haqda terma jamoa rasmiy sahifasi orqali ham xabar bermoqda. Nemislarni oldinda Millatlar ligasida Bosniya hamda Niderlandiya jamoalari bilan bo‘lib o‘tadigan bahslar kutib turibdi. 

Yulian Nagelsmann Kayning o‘rniga "Maynts" a’zosi Yonatan Burkardtni tanladi. 24 yoshli hujumchi mazkur mavsum jamoasi tarkibida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 marotaba raqiblari darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!