
Germaniya terma jamoasi g‘alabani unutib qo‘ydimi?
Millatlar ligasi doirasida Germaniya va Shveytsariya terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi va 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Shu tariqa, ushbu musobaqa doirasida nemislar ketma-ket oltinchi bellashuvda g‘alabaga erisholmadi.
Millatlar ligasida Yoaxim Lyov jamoasi Ispaniya bilan durang o‘ynadi (1:1). Bungacha esa yana 2 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat bo‘lgan (Frantsiya bilan 0:0 va 1:2, Gollandiya bilan 2:2 va 0:3).
Fikrlar